Andijonning “Işbilarmon ayol”lari saralandi
“Va’da emas natija, ertaga emas bugun”, “Erkin va farovon, qudratli yangi Özbekistonni birgalikda quramiz!” şiorlari ostida ÖzLiDeP saylovoldi tarğibot tadbiri hamda “Işbilarmon ayol-2024” körik-tanlovining hududiy respublika bosqiçi Andijon şahridagi “Işga marhamat” monomarkazida bölib ötdi.
Keng kölamli partiya saylovoldi taşviqotiga hamohang ruhda keçgan körik-tanlovda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Odinaxon Otaxonova, Umidaxon Zokirova, partiya viloyat Kengaşi raisi Öktamjon Axunov, rais örinbosari Xurşidaxon Xalilova hamda mas’ul xodimlar, deputatlikka körsatilgan nomzodlar, tadbirkorlar, partiya faollari va OAV vakillari iştirok etdilar.
Körik-tanlov doirasida viloyatda faoliyat yuritayotgan salohiyatli fermer, tadbirkor va işbilarmon ayollar rahbarligidagi korxonalar mahsulotlari namoyiş etilgan körgazma taqdimoti ham ötkazildi.
Yakuniy natijalariga köra Asaka tumanidagi “Möydinova Odinaxon” fermer xöjaligi rahbari Odinaxon Möydinova ğoliblikni qölga kiritdi. 2 öringa Oltinköl tumanidagi “Köhna vodiy gavhari” fermer xöjaligi rahbari Umidaxon Egamova, 3 öringa Buloqboşi tumanidagi “Şirmonbuloq faxri” fermer xöjaligi rahbari Muborakxon Isroilova loyiq deb topildi.
Şuningdek, turli nominatsiyalar böyiça ham ğoliblar aniqlanib, partiyaning diplom va qimmatbaho sovğalari bilan taqdirlandilar.